Get Mystery Box with random crypto!

ABITURIYENTLAR

电报频道的标志 abituriyentlarc — ABITURIYENTLAR A
电报频道的标志 abituriyentlarc — ABITURIYENTLAR
通道地址: @abituriyentlarc
类别: 没有类别
语言: 中国
用户: 713
频道的描述

@ABITURIYENTLARC
Biz bilan Talabalikka erishing ✅✅✅
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
⚡Reklama xizmat: @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Ad_receiver

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


最新信息 2

2023-09-23 16:37:30
Braziliya qamoqxonalarida o'qilgan har bir kitob jazo muddatini 4 kunga qisqartiradi.

Kitob o'qish hatto mahbuslarga ham yordam beradi, siz esa hali ham mutolaaga vaqt ajratmayapsizmi?

Bizni kuzating
@ABITURIYENTLAR
6.2K views13:37
打开/如何
2023-09-23 09:36:57 Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentyabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi

Bunda test sinovlari:
-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan yuklab olish mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Bizni kuzating
@ABITURIYENTLAR
6.3K views06:36
打开/如何
2023-09-23 07:00:27 Milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni joriy o‘quv yilida istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish lozimligi belgilangan.

Shu bilan birga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturiga asosan maktablarda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab, har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy tilga o‘rgatish amaliyoti 7- sinfdan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yila boshlandi.

Biroq, hududlarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha ishga jalb etilgan pedagog kadrlar aksar holatlarda birinchi xorijiy til bo‘yicha ham mutaxassis bo‘lib, ikkinchi xorijiy til bo‘yicha talab qilingan sertifikatlarga ega emas, tegishli ikkinchi xorijiy til bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan kadrlar esa o‘qituvchi sifatida qayta tayyorlovdan o‘tishi talab etilgani sababli ularni ishga qabul qilishda muammolar yuzaga kelayotgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan, mazkur muammolar hal etilgunga qadar maktablarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida joriy o‘quv yilida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi etib ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi.

Belgilangan talablar asosida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchilarini ishga qabul qilish keyingi 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.

Bizni kuzating
@ABITURIYENTLAR
6.8K viewsedited  04:00
打开/如何
2023-09-22 19:10:11 1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktyabrga qadar uzaytirildi

2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt
asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktyabri etib belgilandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

Bizni kuzating
@ABITURIYENTLAR
7.2K views16:10
打开/如何
2023-09-22 15:37:34 Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bõlib òtadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating
@ABITURIYENTLAR
7.2K viewsedited  12:37
打开/如何
2023-09-22 12:18:54
#tonggi_motivatsiya

"Ertaga" so'zini ishlatmang!

Ko‘p insonlar qiyin va murakkab vazifalarni "ertaga" yoki "keyinga" qoldirishadi. Jumladan, maqsad sari harakat qilishni ham kechiktirishadi.

Ammo bu yerdagi muammo shuki, bu kabi "keyinga" qoldirishlar cheksiz davom etishi mumkin. Chunki "keyin" degan so‘zning o‘zi noaniq, vaqti belgilanmagan.

Hayotingizni o‘zgartirishni istasangiz, vazifalarga aniq vaqtni belgilang va hozir boshlang, "ertaga" emas! Va albatta qiyinidan boshlang, bu sizga keyingi ishlarda kuch va g‘ayrat beradi.

"Keyinroq" deyishni to‘xtatib, orzularingiz uchun jiddiyroq kurashish vaqti keldi!

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating
@ABITURIYENTLAR
6.2K views09:18
打开/如何
2023-09-22 03:36:07
#Хайрли_тонг

Энг яқин инсоним, кириб келган Жума тонги муборак бўлсин!

Шу кунларга етказганига Аллоҳга шукрлар бўлсин

Яқинларни бугунги кун билан табриклашни унутманг!

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating
@ABITURIYENTLAR
7.6K views00:36
打开/如何
2023-09-21 23:54:20
Яратган етказган Жума айёми муборак азизлар!

Кунларнинг шоҳидир ЖУМА айёми,
Шу сабаб улуғдир бу куннинг номи.
Улуғ зот бормикан Аллоҳдан бўлак,
Мусулмон аҳлига ЖУМА МУБОРАК!

Аллоҳнинг раҳмати бўлсин бизларга,
Қалбимиз ҳидоят нурига тўлсин.
Шукурки етказди улуғ кунларга,
Жумма айёмингиз муборак бўлсин!


ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating
@ABITURIYENTLAR
6.4K viewsedited  20:54
打开/如何
2023-09-21 18:25:47 Xushxabar: "Temurbeklar maktabi"ga berilgan imtiyoz ham umumiy kvotadan chiqariladi

Bilimlarni baholash agentligi direktori Majid Karimovning ma’lum qilishicha, abituriyentlar maksimal ball olib kontraktga tushib qolmasliklari uchun alohida tizim ustida ishlanyapti.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi tartib bo'yicha, "Temurbeklar maktabi"ni tugatgan o‘quvchilarga harbiy OTMlarda 30 foiz, boshqa davlat OTMlarida esa 15 foiz ball qo‘shib beriladi.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating
@ABITURIYENTLAR
6.2K viewsedited  15:25
打开/如何