Get Mystery Box with random crypto!

Testsiz o‘tayotgan 1-avgust! Vah-vah-vah... Bundan bir necha | 全国莞式海选会所

Testsiz o‘tayotgan 1-avgust!

Vah-vah-vah... Bundan bir necha yil oldin ushbu kunda butun O‘zbekiston «qaynar» edi.


Barcha mobil operatorlar bir xil yolg‘on bahona, ya’ni «texnik profilaktika ishlari» tufayli mobil internetni o‘chirishardi. Ammo nima uchun o‘chganini yosh bola ham bilardi. Lekin ular bizni ahmoq qilishardi go‘yo... Mobil internetning bir necha soat ishlamasligi ortidan biznesga bir necha millionlab zarar yetardi, ammo mas’ullar boshqacharoq zamonaviy yo‘lni qidirib ko‘rmas, xuddi hech narsani bilmaganday o‘sha ibtidoiy yo‘ldan borishardi...

Hamma imtihonga shoshgan, yuz minglab taqdirlar shu 2-3 soat ichida hal bo‘lardi. O‘zbekiston kelajagi shu 3 soatlik qum soat ichiga qamab qo‘yilgan edi go‘yo...

Minglab insonlar shu birgina kunni kutishar, shu birgina kun ortidan yuz minglab dollar (balki bir necha million dollardir, kim bilsin) ishlab olishardi...

Ehheeeee, yana qanchadan-qancha xotiralar bilan qoldi, bu 1-avgustdan.

Bugun esa 1-avgust — oddiy kun. Avgust oyining birinchi sanasi xolos. Mana ketma-ket 3 yildirki 1-avgustda hatto test sinovlari ham bo‘layotgani yo‘q. Hamma xotirjam. Hech narsa o‘chmagan (mabodo oy oxirida abonent to‘lovini qilmagan bo‘lsangiz, o‘chgandir balki). Hammasi bip-binoyiday ishlab turibdi.

Aytmoqchimanki, o‘zgarishlar o‘z qo‘limizda. Faqat ozzzzgina xohish va ozzzzgina siyosiy iroda bo‘lsa yetarli. Boshqa sohalarga ham mana shu ozzzzgina xohishdan ozzzzgina berishsa, gullab ketardi ko‘p narsa.

Sizda ushbu kun bilan bog‘liq qanday xotiralar qolgan?

Keling, yana bir bor 1-avgust - test sinovlari bilan bog‘liq balki shirin, balki achchiq, balki quvnoq, balki qayg‘uli xotiralarni yodga olamiz.

xushnudbek

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+qa4PZEkzfApjOWE0