Get Mystery Box with random crypto!

#SavollargaJavoblar #Qabul2022 Savol: Menda Oila va xotin- | 全国莞式海选会所

#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Menda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma berilgan. Lekin my.dtm.uz saytida tavsiyanoma chiqmayapti. Nima uchun imtiyozim chiqmayapti?

Javob: Abituriyentda qandaydir imtiyoz mavjud bo‘lsa, bu imtiyoz tegishli vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldiriladi.

Joriy yilda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan ayollarga 2 turdagi tavsiyanomalar berilmoqda. Lekin tavsiyanomalarni berish jarayoni hali yakunlanmaganligi sababli hozirga qadar qo‘mita tomonidan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilmagan.

Mazkur ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilganidan so‘ng, “Mening imtiyozlarim” bo‘limida sizga tegishli tavsiyanoma ma’lumotlari aks etadi.

Umumiy holda shuni aytish kerakki, agar “Imtiyozlar” bo‘limida abituriyentning imtiyozi chiqmasa, abituriyent imtiyozni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishi lozim.

Bizni kuzatib boring
https://t.me/+PP0ng0-U6YNhZTBk