Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | 全国莞式海选会所

#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 4-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 286 765 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 155 968 nafar (54 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 130 797 nafar (46 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 159 646 nafar. Shundan:

86 935 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
72 712 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 19 481 nafar.
Samarqand viloyati — 18 390 nafar.
Farg‘ona viloyati — 15 196 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 14 545 nafar.
Andijon viloyati — 13 797 nafar.
Toshkent shahri — 13 484 nafar.
Surxondaryo viloyati — 12 142 nafar.
Namangan viloyati — 9 690 nafar.
Buxoro viloyati — 8 029 nafar.
Jizzax viloyati — 7 944 nafar.
Navoiy viloyati — 6 714 nafar.
Xorazm viloyati — 6 671 nafar.
Sirdaryo viloyati — 6 660 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 225 nafar.