Get Mystery Box with random crypto!

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga! Ma’lumki, oli | 全国莞式海选会所

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Bunda nogironligi bo‘lgan abituriyentlarning nogironlik bo‘yicha ma’lumotlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining bazasi – “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida olinmoqda.

Lekin ayrim nogironligi bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida kelmayotgani sababli my.dtm.uz saytida nogironlik bo‘yicha imtiyoz ma’lumotlarini kiritish imkoniyati yaratildi.

Agar Sizning nogironlik bo‘yicha ma’lumotlaringiz “Mening imtiyozlarim” bo‘limida chiqmayotgan bo‘lsa, “Nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma” bo‘limiga kirib, o‘z nogironlik ma’lumotlaringizni kiritishingiz mumkin.

Agar Sizda ko‘zi ojiz toifasidagi nogironlik mavjud bo‘lsa, nogironlik ma’lumotlarini kiritish bilan birga “Ko‘zi ojiz” belgisini belgilashni unutmang.

Kiritilgan ma’lumotlar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yuboriladi va ma’lumotlari tasdiqlangan abituriyentlarning imtiyozi inobatga olinadi.

Бизга қўшилинг
➥ Davlat Test Markazi