#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | 全国莞式海选会所
#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot(2022-yil 12-iyul 18:00 holatiga)
my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 589 119 nafar. Shundan:
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 424 139 nafar (72 %); Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 164 980 nafar (28 %).
Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 474 800 nafar. Shundan:
222 687 nafari — joriy yil bitiruvchilari; 252 113 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
Samarqand viloyati — 51 921 nafar. Qashqadaryo viloyati — 45 694 nafar. Toshkent viloyati — 45 476 nafar. Farg‘ona viloyati — 40 692 nafar. Andijon viloyati — 32 410 nafar. Surxondaryo viloyati — 31 889 nafar. Toshkent shahri — 30 280 nafar. Namangan viloyati — 26 638 nafar. Buxoro viloyati — 25 338 nafar. Jizzax viloyati — 22 845 nafar. Xorazm viloyati — 21 658 nafar. Navoiy viloyati — 19 007 nafar. Sirdaryo viloyati — 15 804 nafar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 487 nafar.