Get Mystery Box with random crypto!

1-savol: Qaysi javobda tarkibida uch o‘rinda sirg‘aluvchi til | Muhammadjon07081994

1-savol: Qaysi javobda tarkibida uch o‘rinda sirg‘aluvchi til undoshi qatnashgan so‘z ishtirok etgan?

A) Bunday yolg‘onlaringizdan so'ng shogirdlarim ham sizga ishonmay qo'ydi.
B) Shuni bilingki, vaznsizlik kishiga rohat bag‘ishlaydi, ruhni yengillashtiradi.
C) Sizni hozir bozorda ko‘rgan edim-a, opa, yoki adashdimmi?
D) Senga shunisi afzal edi, men roziman, o‘rtoq.

2-savol: Yopiq bo'g'inlari tarkibidagi barcha undoshlari jarangli undosh bo‘lgan gap qaysi javobda berilgan?

A) Beozor kishilarni yomonlashdan uyalmaysizmi, nomard?
B) Bugungi navolarni barchangiz miriqib tinglang.
C) Men shuni bilamanki, barchangizni sog‘inganman, jonajonlarim.
D) Jon jismdan bir beqaror bo‘lganda tush ko‘ribman.

3-savol: Quyidagi hukmlarning nechtasi to‘g‘ri?

1) sirg‘aluvchi til undoshlarining ortishi faqat lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar ta'sirida kuzatiladi.
2) "-qi" so‘z yasovchi qo‘shimchasi lablanmagan yuqori tor unlini lablangan yuqori tor unlisiga almashtiradi.
3) fe'lga xos lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ta'sirida uch xil fonetik hodisa sodir bo‘ladi.
4) "men", "sen" kabi kishilik olmoshlariga faqat kelishik qo‘shimchalari qo‘shilganida fonetik hodisa kuzatiladi.
5) til oldi portlovchi undoshining ortishi munosabat shakllari ta'sirida ham, lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ta'sirida ham kuzatiladi.

A) 4 tasi B) 1 tasi
C) 3 tasi D) 2 tasi

4-savol:
Cholga salom bersam o‘sha so‘qmoqda:
"Kimsan?" --- deb tanimay menga qaradi.
Bir bola uchrasa sal nariroqda:
"Kimning o‘g‘lisan?" --- deb men ham so‘radim.
She'riy parchadagi otlar necha xil sintaktik vazifani bajargan?
A) uch xil B) ikki xil C) to‘rt xil D) bir tur

5-savol: Matndagi tovush o‘zgarishlarining miqdorini aniqlang.

--- Ko‘nglingiz qoldimi mendan, endi sizni xursand qilolmaymanmi, tog‘a? (yig‘i va alam Shoikromning bo‘g‘zida qoldi) Hech qachon chizgan chizig‘ingizdan chiqmaganman, axir.
--- Jiyan, shunisiga achinaman-da, mening aytganimdan chiqmasding-ku, nima jin urdiki, bunaqa ishlarga aralashib qolding?

A) beshta B) oltita C) yettita D) sakkizta

6-savol: Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma'nosini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham tilning qayerida hosil bo‘lishiga ko‘ra bir guruhga mansub emas?

A) surmoq - turmoq
B) jon - don
C) ziyon - ziyod
D) g‘am - sham

7-savol: quyida keltirilgan so‘zlarning nechtasida nuqtalar o‘rniga faqat bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi?
...oyna...oy, ...ardam...ayol, sha...ansho..., ...amro..., ...ay...ot, ...atti-...arakat,
A) oltitasida B) uchtasida C) beshtasida D) to‘rttasida

8-savol: Qaysi javobda uch o‘rinda tovush o‘zgarishi kuzatilgan?

A) Faqat bitta tuyg‘u uxlamas biroq,
Uning to‘shagida mix bor to abad.
Uni qiynab yotar omonsiz so‘roq,
Faqat uxlamaydi birgina hasad.
B) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi.
Qalam ushlolmasdi hali qo‘llarim
Kapalak izidan quvib tinmasdim
Yulduzlarni sanar edim tunlari.
C) Qaldirg‘ochning bu tim qora qanotida
Uchdi-ketdi qayrilmaqosh yoshim mening
Bizdan yiroq-yiroq ketgan iz ortidan
Nurab-nurab bitdi-ku bardoshim mening
D) Hali-hamon tugamas sen bitgan doston
Oyog‘ingga gullar emas, tikonlar botar.
Hamon Sibr sovug‘iga ko‘nikolmasdan
Ular bir-birini quchoqlab yotar.

9-savol: Qaysi javobda yasalish asosi bilan bir turkumga mansub bo‘lgan sodda yasama so‘z qatnashgan?

A) Muhtaram prezidentimiz bilimli va izlanuvchan yoshlarga katta ishonch bildirgan.
B) Ayrim insonlar baxtsizlik haqida o‘ylab ham ko‘rishmagan, chunki ularning atrofi baxtga to‘la.
C) Azizlar, bunday adolatsiz qaror qabul qilishingiz noto‘g‘ri.
D) Singlim asalari rasmini miriqib chizayotgan edi

10-savol: Matndagi sodda yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.
Xullas, bunaqa balandparvoz gaplarni to‘xtating, siz siz haqingizda qayg‘urayotganlar bilan maslahatlashmayapsiz va buning natijasida isrofgarchilik ko‘paymoqda, iltimos, kattalar bilan maslahat qiling va sizga bo‘lgan ishonchimizni qaytaring.
A) oltita B) uchta C) to‘rtta D) beshta