Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 160.31K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-11 09:10:47 Qalbaki hujjatlardan ehtiyot boʻling

Afsuski, hujjatlarni qalbakilashtirish, soxtalashtirish holatlari tez-tez uchrab turibdi.

Asl hujjatni qalbakisidan osongina ajratib olish uchun my.gov.uz mobil ilovasida QR-kodni skanerlash funksiyasi mavjud.

Bu qanday amalga oshirilishi bilan quyidagi videoqoʻllanmada tanishing:





My.gov.uz bilan bogʻlanmagan boshqa saytlarga yoʻnaltirish holatlari ham hujjatning haqiqiy emasligidan dalolat beradi.

Shu oʻrinda barcha masʼul davlat organlari xodimlariga fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni shu tarzda tekshirishlarini tavsiya qilamiz.

Hujjatlarimizni soxtalashtirishga yoʻl qoʻymaylik!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
33.3K views06:10
Ochish/sharhlash
2024-05-10 15:54:36 Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga my.gov.uz yordam beradi

Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

Barcha fanlardan bilish darajasini aniqlash hamda milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga onlayn ariza topshirish tartibi bilan quyidagi videoda tanishing.





  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
43.6K views12:54
Ochish/sharhlash
2024-05-10 09:57:58 Davlat xizmatlari uchun to‘lovlar — oson, tez va qulay!

My.gov.uz sizga 3 xil to‘lov usulini taqdim etadi:

Karta raqamini kiritish orqali to‘lov qilish.
To’lov tizimlari mobil ilovalariga hisob taqdim etish.
Eng qulay deb bilgan to‘lov ilovasidan foydalanish.

Batafsil videoda





  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
13.2K views06:57
Ochish/sharhlash
2024-05-09 07:30:21
Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 11-12, 14-15 va 18-19-may kunlari;

gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-08-3

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
36.1K views04:30
Ochish/sharhlash
2024-05-09 06:37:10
Xotira — abadiy, qadr — muqaddas!

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizga 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan ezgu tilaklarini yoʻllaydi. Ilohim, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!

Tinchlik va ozodlik yo‘lida jonlarini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi hamisha barhayot bo‘lsin!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
40.4K views03:37
Ochish/sharhlash
2024-05-08 15:07:46 My.gov.uzʻdan foydalanish hamma uchun oson va qulay boʻladi!

Aziz yurtdoshlar, biz my.gov.uz portalini barcha foydalanuvchilar, jumladan, imkoniyati cheklangan insonlar uchun ham yanada qulay va foydali boʻlishi ustida ishlamoqdamiz.

Sizlardan portalning inklyuzivlik darajasini oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan soʻrovnomamizda faol ishtirok etishingizni soʻraymiz.

Har bir fikr biz uchun juda muhim!

Soʻrovnoma havolasini albatta nogiron doʻstlaringiz va tanishlaringizga ham ulashing. Qancha koʻp odam ishtirok etsa, biz ularning ehtiyojlarini shunchalik yaxshi tushuna olamiz.

my.gov.uz – har bir foydalanuvchi imkoniyatini qadrlovchi portal!

Soʻrovnoma havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe843Nl06mQaHSGI-egLziIGSGNrpMN2_tfqPMyPNblH4ClEQ/viewform?usp=sharing
44.2K views12:07
Ochish/sharhlash
2024-05-07 16:32:01 Bugun barchamiz raqamli dunyo ishtirokchisimiz!

Ushbu video orqali zamonaviy raqamli texnologiyalar yurtdoshlarimiz hayotini qanday oʻzgartirayotgani haqida hikoya qilmoqchimiz.

Unda tadbirkor oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashadi: avvallari qogʻozbozlikka koʻp vaqt sarflangani, endi raqamli texnologiyalar tufayli uydan chiqmasdan ham hamma ishni onlayn hal qilayotgani toʻgʻrisida gapiradi.

Videoni tomosha qiling va soha xodimlari hayotimizni qanday yaxshi tomonga oʻzgartirayotgani bilan tanishing.

Zero, bugun barchamiz raqamli dunyo ishtirokchisimiz!

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin, aziz soha jonkuyarlari!





egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
28.0K views13:32
Ochish/sharhlash
2024-05-07 16:02:06
E‘lon!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ma‘lumotlar markazida profilaktika ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan 2024-yil 7-may soat 18:00 dan 8-may 9:00 ga qadar my.gov.uz orqali mazkur tashkilot xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
30.3K views13:02
Ochish/sharhlash
2024-05-07 12:28:20 Nikohni qayd etishga onlayn ariza yuborish tartibi bilan tanishing

Yangi turmush qurayotgan yoshlar respublikamizning istalgan hududidan turib, FHDYO bo‘limiga my.gov.uz orqali masofadan murojaat etishlari mumkin.

Xizmat mutlaqo bepul.

Quyida nikohni qayd etishga onlayn ariza yuborish tartibi bilan tanishing:





my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
36.3K viewsedited  09:28
Ochish/sharhlash
2024-05-06 11:42:58
SIM-kartani eSIM texnologiyasiga oʻzgartirish xizmati

UZTELECOM mobil tarmogʻida SIM-kartani zamonaviy eSIM texnologiyasiga uydan chiqmagan holda almashtirish mumkin!

Buning uchun quyidagi oddiy amallarni bajarish kerak boʻladi:

my.gov.uz da roʻyxatdan oʻting va tizimga kiring.
eSIM texnologiyasiga oʻtkazmoqchi boʻlgan mobil telefon raqamini yozib, tasdiqlang.
xizmat uchun toʻlovni amalga oshirishga rozilikni belgilab, arizani yuboring.

Murojaat 1 ish kuni davomida UZTELECOM aloqa operatori tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar koʻrsatilgan raqam balansida yetarli mablagʻ boʻlsa, mobil raqam eSIM texnologiyasiga oʻzgartiriladi. Shuningdek, sizga yangi raqamni faollashtirish uchun QR kod taqdim etiladi.

Xizmat narxi 20 000 soʻm.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
48.0K views08:42
Ochish/sharhlash