Get Mystery Box with random crypto!

Jazirama kunlarning birida endi namozni boshlagan (garchi u 20 | 一起学中文吧!

Jazirama kunlarning birida endi namozni boshlagan (garchi u 20 dan oshgan bo'lsada) Ahmad peshin namozini ado etish uchun bir masjidga kirdi. Tahorat olib masjid tomon qadam bosgan edi, uning ko'zlari beixtiyor bir insonga tushdi va unga qarab bir necha daqiqa qotib qoldi, hayoliyu aqli o'ziga bo'ysunmay, ko'zlaridan jiqqa yosh oqa boshladi. Ko'z yoshlarini artib, masjidning bir chekkasidan joy oldi. Namoz ado etildi. Barcha sekin-asta masjidni tark etayotganda, Ahmad boyagi kishining oldiga bordi, u kishi hanuz o'rnidan turmagan, duo qilish bilan mashg'ul edi. Uning duosini tamom bo'lgandan keyin, Ahmad unga o'rnidan turishiga yordam berib yuborishini aytdi. (Xa u kishi nogiron edi. Kasallikdan oyoqlari ishlamas, yura olmasdi). Ahmad uni tashqari kuzata turib, bu holda masjidga kelib ketish qiyin yoki yo'qligini so'radi. "Alhamdulillah, nimaga unday deysan, Alloh shu holimda masjidga kelishimga imkon yaratib beryapdi, men bunga faqatgina hamd aytaman xalos" "Har namozingizda Allohdan o'zingizga shifo so'rasangiz kerak a? " deb so'radi Ahmad. "Yo'q, shu kungacha shifo so'ramaganman, bolam, inson bilib bilmay gunoh qiladi, mening bu holim gunohimga kafforot bo'lsin, erta kunim bitib, O'zining oldiga borganimda nasib etsa kafforotim shu xastaligim bo'ladi" deb javob berdi. Ahmad boshqa savol bermadi. Masjidga qaytadan kirib, shukrona namozini ado qilib, Alloh unga xidoyat berganiga xushlandi. Shu o'rinda to'rt muchasi sog'lom bola turib, shaytonning izmida yurgan tengdoshlariyu, tanishlariga ham O'zidan hidoyat so'rab qoldi.
迪力

@xitoytili59