#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | 全国莞式海选会所
#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot(2022-yil 11-iyul 18:00 holatiga)
my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 532 035 nafar. Shundan:
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 372 044 nafar (70 %); Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 159 991 nafar (30 %).
Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 344 810 nafar. Shundan:
185 057 nafari — joriy yil bitiruvchilari; 159 753 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
Samarqand viloyati — 45 907 nafar. Toshkent viloyati — 41 268 nafar. Qashqadaryo viloyati — 39 237 nafar. Farg‘ona viloyati — 35 746 nafar. Andijon viloyati — 29 291 nafar. Toshkent shahri — 27 729 nafar. Surxondaryo viloyati — 27 475 nafar. Namangan viloyati — 23 184 nafar. Buxoro viloyati — 22 129 nafar. Jizzax viloyati — 19 756 nafar. Xorazm viloyati — 18 800 nafar. Navoiy viloyati — 16 790 nafar. Sirdaryo viloyati — 14 272 nafar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 10 460 nafar.