Get Mystery Box with random crypto!

​​#rasmiy_bayonot #Qabul2022 Muxbir Daliyev telegram kanalid | 全国莞式海选会所

​​#rasmiy_bayonot #Qabul2022

Muxbir Daliyev telegram kanalida e’lon qilingan postlar yuzasidan

Davlat test markazining my.dtm.uz sayti oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangandan buyon hech qanday uzilishsiz ishlab kelmoqda.

2022-yil 20-iyundan hozirga qadar saytda hech qanday uzilish va to‘xtalish yuzaga kelmadi va Davlat test markaziga bu bo‘yicha hech qanday shikoyat kelib tushgani yo‘q.

Sirdaryo viloyatidagi yuridik texnikumda diplomlar haligacha berilmaganining esa Davlat test markaziga hech qanday aloqasi yo‘q.

Qayd etish kerakki, abituriyentlar texnikum diplomi bilan emas, balki maktab, litsey yoki kasb-hunar maktabining attestati (diplomi) bilan onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

Texnikumda tahsil olgan yoki tahsil olayotgan abituriyentda esa o‘rta yoki o‘rta-maxsus, professional ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat mavjud.

Chunki yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish o‘rta yoki o‘rta-maxsus, professional ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat asosida amalga oshiriladi (Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qarori).

Demak, yuridik texnikum bitiruvchilari texnikum diplomisiz bemalol onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 18-iyul kuni e’lon qilingan ma’lumot ham asossiz bo‘lib, 15-iyul kuni (Muxbir Daliyev kanalida e’lon qilingan ma’lumotdan 3 kun oldin) Davlat test markazi tomonidan bu yo‘nalishga faqatgina fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari xodimlari topshira olishi bo‘yicha ma’lumot berilgan.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha statistik ma’lumotlar esa har kuni 18:00 holatiga Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va telegram kanalida e’lon qilib borilmoqda.

Yo‘nalishlar kesimidagi ma’lumotlar esa abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng mandat.dtm.uz saytida e’lon qilinadi va abituriyentlar mazkur sayt orqali boshqa abituriyentlarning natijalarini ham kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazi barcha bloger va jurnalistlar uchun hamkorlik va muloqotga tayyor ekanini ma’lum qiladi hamda ulardan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirgan holda e’lon qilishlarini so‘raydi.

Сафимизга қўшилинг: https://t.me/+qa4PZEkzfApjOWE0