Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘ | 全国莞式海选会所

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

2022-yil 23-iyul kuni barcha hududlarda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanadi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

1-bosqich (yozma qismi)tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihonlari qog‘oz shaklda;

2-bosqichgapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa elektron shaklda bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmaydi. Ularga chet tilidan maksimal ball beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Imtihon o‘tkaziladigan joylar:
https://telegra.ph/Chet-tili-07-18
Imtihonlarni o‘tkazish tartibi:


Imtihon formati: dtm.uz/page/format_kasbiy
Test namunalari: dtm.uz/page/test_namunalari_kasbiy
Gapirish imithoniga tayyorlanish uchun dastur: test.dtm.uz

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube